المدة الزمنية 1:14:5

2- qsim Sistit kasalligi – uyda davolash usullari

718 082 مشاهدة
0
24.9 K
تم نشره في 2020/08/22

Sistit kasalligi – siydik qopining yallig‘lanishini bildirib, tibbiyotda ushbu termin bilan atalgan. Ko‘p yillar davomida yallig‘lanishga sabab bakteriya deb qaralgan va siydik yo‘li infeksiyasi deb atalgan. Siydik qopi yallig‘lanishi og‘riqli va qo‘zg‘atuvchi kasallik, agar infeksiya buyraklarga tarqalib ketsa, bu jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Bakteriya infeksiyasidan tashqari siydik qopi yallig‘lanishida dori preparatlariga sezuvchanligi, radiatsion terapiya yoki potensiyani oshiruvchi muolajalar, uzoq muddatli katetrlash ham sabab bo‘ladi. Sistit boshqa kasalliklar natijasida ham ikkilamchi kasallik sifatida kelib chiqishi mumkin. Sistit sabablari Siydik ayiruv tizimini bir juft buyraklar, siydik nayi (ureter), siydik qopi va siydik chiqaruv kanali (urethra) dan tashkil topgan. Bularning barchasi organizmdan “chiqindilar”ni ayirish jarayonida o‘z rolini o‘ynaydi. Buyraklar bir juft bo‘lib loviyasimon shakldagi yumshoq (parenximatoz) a’zo, ular orqa bel sohasida joylashadi va qondagi “chiqindilar”ni filtrlash yo‘li bilan organizmdan chiqarib turadi. Siydik naylari (ureter) buyraklarda hosil bo‘lgan siydikni siydik qopiga o‘tkazish vazifasini bajaradi. Siydik qopida esa siydik uni tashqariga chiqarmaguncha saqlanib turadi. Siydik qopidan siydik chiqaruv kanali (urethra) orqali chiqib ketadi. Bakterial sistit Bakterial infeksiya odatda tashqi muhitdan siydik chiqaruv kanali (urethra) orqali kirib siydik ayiruv yo‘lida ko‘payadi. Ko‘pincha sistitga sabab Esherixia coli (E. coli) bakteriyasi bo‘ladi. Bundan tashqari ayollarda jinsiy aloqa sababli ham sistit kelib chiqadi, biroq jinsiy noaktiv ayollar va siydik yo‘llari infeksiyasiga moyil ayollarda sisitit tashqi jinsiy a’zolar mikroflorasi buzilishidan ham kelib chiqadi. Noinfeksion sistit Bakterialar sisitit kelib chiqishida asosiy o‘rinni egallasada infeksiyadan tashqari bir qator omillar siydik qopi yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin. Masalan: Dori preparatlar. Ko‘pchilik dorilar, ayniqsa, kimyoterapiya preparatlari sistit keltirib chiqaradi. Chunki ularning organizmdan chiqib ketishini siydik ayiruv yo‘llari ta’minlaydi. Radiatsion terapiya genital sohalarda o‘tkazilsa ham sistit kelib chiqishi mumkin. Uzoq muddatli katetrlash ham siydik qopi shilliq qavatini zararlashi va sistitga sabab bo‘lishi mumkin. Kimyoviy moddalar ya’ni jinsiy a’zolar gigiyenasida foydalaniladigan vositalar ham sistitga sabab bo‘lishi mumkin. Boshqa sabablar diabet, buyrak tosh kasalliklari, yallig‘langan prostata va orqa miya shikastlanishlarida ham sistit kelib chiqadi. Sistit belgilari quyidagilar: Kuchli, doimiy bo‘shashish (peshob ajratish, siyish) hissi; Peshob ajratayotganda achishish; Tez-tez, kam porsiyadagi peshob kelishi; Siydikda qon bo‘lishi (gematuriya); O‘tkir hidli siydik ajratish; Chanoq sohasidagi diskomfortlar; Qorinning pastki sohasida doimiy bosim sezish; Tana harorati subfebril ko‘rsatkichlarda bo‘lishi (37-37,5 C). Sistit davosi Infeksiya (bakteriya) sabab bo‘lgan sistitlar odatda antibiotiklar qabul qilish bilan davolanadi. Ammo noinfeksion sistitlar esa ularni keltirib chiqaruvchi sababga qarab davo chorasi qo‘llaniladi. Bakterial sistit. Birlamchi sistitda belgilar yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunda shifokor tavsiya qilgan antibiotiklarni bir davo kursi qabul qilganda infeksiyadan butunlay qutulishga erishish mumkin. Sistitda uy sharoitida muolajalar Sistit og‘riqli va noqulaylik hissini chaqiruvchi kasallik, lekin uy sharoitida uning belgilarini kamaytirish mumkin: Qorin pastki sohasiga issiq (iliq) narsa qo‘yish siydik qopini tinchlantiradi va og‘riq hissini kamaytirib, diskomfortdan qutulishingizga yordam beradi; Kofe, alkogol,gazli ichimliklar, sitrus mevalaridan tayyorlangan sharbatlar va boshqa kafein saqlovchi ichimliklarni kamroq ichish, achchiq va sho‘r mahsulotlar iste’mol qilishdan saqlanish kerak. Chunki bu moddalar buyraklarda siydik ajralishini ko‘paytiradi va peshob ajratish hissini chaqiradi. Iliq suvda mahalliy vanna qilish og‘riq va noqulaylik hissini kamaytirishga yordam beradi. 15-20 daqiqa o‘tirish kifoya.

الفئة

عرض المزيد

تعليقات - 7829